Ugarov Kyurasao va Kabo-Verde haqida kinoya qildi

“Zenit”ning sobiq futbolchisi Denis Ugarov Kyurasao va Kabo-Verde terma jamoalarining 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga chiqqani yuzasidan hazil aralash fikr bildirdi. U bu haqdagi mulohazalarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ugarovning so‘zlariga ko‘ra, bu jamoalar final bosqichiga chiqishdan oldin Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Ekspert “shunda ularning asl kuchini sinab ko‘rish, nimalarga qodirligini bilish mumkin bo‘lardi”, deya ta’kidladi va bunday tekshiruvni aynan Rossiya termasi amalga oshira olishini kinoya bilan qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Dik Advokat boshqaruvidagi Kyurasao E guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Germaniya, Ekvador va Kot-d’Ivuar bilan bahs olib boradi. Kabo-Verde esa H guruhida Ispaniya, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash keladi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!