date

Ederson VAR monitorini urib sindirdi

Ederson VAR monitorini urib sindirdi

"Man Siti" klubining sobiq darvozaboni Ederson Turkiya chempionati doirasidagi "Fenerbahche" va "Galatasaroy" jamoalari o'rtasidagi derbi bahsida o'zini tuta olmadi. Braziliyalik posbon uchrashuv davomida hakam tomonidan ko'rsatilgan bahsli qizil kartochkadan so'ng keskin norozilik bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maydonni tark etayotgan darvozabon chetdagi VAR monitoriga musht tushirdi. Ushbu holat translyatsiya kameralari ob'ektiviga muhrlangan.


Edersonning g'azabi stadiondagi muxlislar va mutaxassislar o'rtasida katta muhokamalarga sabab bo'ldi.

Mazkur mag'lubiyat "Fenerbahche" jamoasining Superliga chempionligi uchun kurashdagi imkoniyatlarini deyarli yo'qqa chiqardi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Galatasaroy" ushbu g'alaba orqali o'z mavqeini yanada mustahkamlab oldi.

Eslatib o'tamiz, Ederson Turkiya klubiga o'tishidan avval Angliya premyer ligasida uzoq vaqt muvaffaqiyatli to'p surgan edi. Endilikda intizom qo'mitasi darvozabonning xatti-harakatlarini o'rganib chiqib, unga nisbatan qo'shimcha jazo choralarini qo'llashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ederson VAR monitorini urib sindirdi