Rostex va BelAZ Rossiyada vodorodli samosvallarni ishga tushiradi

Rossiya davlat korporatsiyasi "Rosteh" va Belarusning "BelAZ" zavodi Moskva shahrida "Robleks" qo'shma korxonasini tashkil etdi. Ushbu korxona vodorod yoqilg'isida ishlaydigan samosval va haydovchisiz boshqaruv tizimlarini joriy etish bilan shug'ullanadi. Loyiha tog'-kon sanoatida sun'iy intellekt, telemetriya va vodorod energetikasini birlashtiruvchi texnologik platforma yaratishni maqsad qilmoqda. Yangi texnikalar amaliy sinovdan o'tkazilishi 2023-yilda boshlanadi.
Rossiyaning «Rostex» davlat korporatsiyasi va Belarusning «BelAZ» zavodi Moskvada «Robleks» qo'shma korxonasini tashkil etdi. Mazkur tuzilma Rossiya konlarida vodorod yoqilg'isida ishlaydigan samosvallar va haydovchisiz boshqaruv tizimlarini joriy etish bilan shug'ullanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi korxona «BelAZ» tomonidan ishlab chiqarilgan vodorodli va avtonom texnikalarni Rossiya bozorida sotish bo'yicha eksklyuziv huquqlarga ega bo'ldi. Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad tog''-kon sanoatida sun'iy intellekt, telemetriya va vodorod energetikasini birlashtiruvchi yagona texnologik platforma yaratishdir.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi texnikalarni amaliy sinovdan o'tkazish jarayonlari joriy yildayoq boshlanadi. Agar loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, Rossiya og'ir sanoat uchun ekologik toza va to'liq avtomatlashtirilgan yechimlarga ega bo'ladi.






























Izohlar 0
…