date

Intel Core 5 320 protsessori Apple A18 Pro'dan 27 foizga o'zib ketdi

Intel Core 5 320 protsessori Apple A18 Pro'dan 27 foizga o'zib ketdi

"Intel" kompaniyasi budjetli noutbuklar uchun mo'ljallangan Wildcat Lake turkumidagi yangi Intel Core 5 320 protsessorini taqdim etdi. PassMark platformasida o'tkazilgan mustaqil testlar natijasiga ko'ra, ushbu chip o'z segmentida eng raqobatbardosh ishlanmalardan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi protsessor 6 ta yadrodan iborat konfiguratsiyaga ega bo'lib, ulardan faqat ikkitasi yuqori unumdorlikka, qolganlari esa energiya tejamkorligiga javob beradi. Shunga qaramay, u ko'p oqimli testlarda 15 222 ball to'plashga muvaffaq bo'ldi.

Bu ko'rsatkich "Apple" kompaniyasining MacBook Neo modeliga o'rnatilgan A18 Pro chipidan 27 foizga yuqoridir.

Wildcat Lake turkumidagi qurilmalar arzon noutbuklar bozorida MacBook Neo bilan raqobatlashishi ko'zda tutilgan. Hozirda "Apple" noutbuklari sotuvda mavjud bo'lsa-da, yangi Intel chiplaridagi ilk seriyali modellar namoyishi bir oydan so'ng Computex 2026 ko'rgazmasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Intel Core 5 320 protsessori Apple A18 Pro'dan 27 foizga o'zib ketdi