Haykin Man Siti ustidan g'alabani tarixiy voqea deb atadi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Haykin «Manchester Siti» ustidan qo'lga kiritilgan sensatsion g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norvegiyaliklar ingliz grandini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
«O'yindan keyin ham biz nima ish qilganimizni darrov anglab yetmadik. Futbol industriyasida XXI asrning eng kuchli tizimlaridan birini yutdik, desak bo'ladi. Bu uchrashuv nafaqat biz uchun, balki norvegiyaliklar va umuman Norvegiya sporti tarixiga kirdi», — dedi Haykin «VideoSports» dasturida.
Darvozabon bu natija uning faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri ekanini ham ta'kidladi.
Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!