Kompani 39 yoshli Djekoning Shalkega o'tishini baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani 39 yoshli hujumchi Edin Djekoning «Shalke» safiga o'tgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompaniyaga ko'ra, Djekoning uzoq yillardan beri yuqori darajada to'p surib kelayotgani avvalo uning professionalligi bilan izohlanadi. Mutaxassis bu borada darvozabon Manuel Noyer misolini ham keltirib, katta yoshda ham yuqori sport formasini ushlab turishning kaliti aynan professional yondashuv ekanini ta'kidladi.
Shuningdek, «Bavariya» ustozi hozirgi bosqichda Djekoning transferi «Shalke» uchun juda muhim omilga aylanishi mumkinligini aytib, futbolchiga omad tiladi.
Eslatib o'tamiz, Edin Djeko va Vensan Kompani 2011–2015 yillarda «Manchester Siti»da birga to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!