Ugarov Kyurasao va Kabo-Verde haqida kinoya qildi

"Zenit"ning sobiq futbolchisi Denis Ugarov Kyurasao va Kabo-Verde terma jamoalarining 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqqani yuzasidan hazil aralash fikr bildirdi. U o‘z mulohazasini "Yevro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ugarovning ta’kidlashicha, bu jamoalar mundial yo‘llanmasidan oldin Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak edi. "Shunda ularning asl kuchini bilib olish, nimaga qodir ekanini tekshirish mumkin bo‘lardi. Buni kim tekshiradi? Faqat Rossiya terma jamoasi", — dedi u.
Ma’lum qilinishicha, Dik Advokat boshqaruvidagi Kyurasao E guruhida Germaniya, Ekvador va Kot-d’Ivuar bilan bahs olib boradi. Kabo-Verde esa H guruhida Ispaniya, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy oldi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi.
Shuningdek, manbada Yevropaning 2026 yilgi mundialni boykot qilishi ehtimoli va Rossiya Trampdan wild card olishi mumkinligi haqidagi mavzu ham tilga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!