Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani mikrojarohat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa tiklanib ulgurgan va keyingi o‘yinda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing