Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi

Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni ko'zlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Rejaga ko'ra, Ronalduning «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushi 15 foizgacha oshiriladi. Liga esa futbolchi ketgan taqdirda jahon hamjamiyati qiziqishi keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni tahlil qilmoqda.
Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga qo'shilgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing