Jikiya agenti himoyachining Antalyaspordan ketishi haqidagi gaplarga javob berdi

“Antalyaspor” himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, Jikiyaning ahvoli joyida va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmagani esa mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lgan. Agentning ta’kidlashicha, himoyachi tiklanib bo‘lgan va keyingi uchrashuvdayoq safga qaytishi kutilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning “Antalyaspor” bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!