date

Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiyaning holati yaxshi va klub ham unga ishonch bildirmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani sababi mikrojaroqat bo‘lgani, hozir esa tiklanib ulgurgani ta’kidlandi. Kuzmichyov fikricha, himoyachi keyingi o‘yinda yana safga qaytishi mumkin.

Avvalroq OAVda turkiyaliklar «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi