Saka jarohatdan so'ng "Arsenal" tarkibiga qaytmoqda

Saka jarohatdan so'ng "Arsenal" tarkibiga qaytmoqda
Qisqacha

"Arsenal" jamoasining yetakchisi Bukayo Saka jarohatidan forig‘ bo‘lib, "Nyukasl"ga qarshi muhim bahs oldidan safga qaytmoqda. Vingerning yo‘qligida "kanonirlar" so‘nggi beshta o‘yinda atigi bir bor g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni boy berishdi. Bosh murabbiy Mikel Arteta Sakaning qaytishi chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini va u jamoaning eng ta’sirli o‘yinchisi ekanini ta’kidladi. Hozirda "Arsenal" va "Man Siti" ochkolar bo‘yicha tenglashib olgan bo‘lib, chempionat yakunlanishiga beshta tur qolgan.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohatidan qutulgan Bukayo Sakani Angliya Premyer-ligasi chempionligi uchun kurashda jamoaga yordam berishga chaqirdi. Achilles payidagi jarohat sababli bir muddat safdan chiqqan vinger shanba kuni "Nyukasl"ga qarshi kechadigan muhim uy uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda. Angliyalik futbolchining yo'qligida "kanonirlar" beshta o'yinda bor-yo'g'i bir marta g'alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlikni boy berishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Artetaning ta'kidlashicha, 24 yoshli futbolchi juma kungi mashg'ulotlarda a'lo kayfiyatda bo'lgan va jamoaning eng nufuzli o'yinchisi sanaladi. Joriy mavsumda Saka asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarning 73 foizida "Arsenal" g'alaba qozongan. Murabbiy o'z yetakchisidan chempionlik poygasining hal qiluvchi pallalarida o'yin taqdirini o'zgartira oladigan harakatlarni kutayotganini yashirmadi.

Saka jarohatdan so'ng "Arsenal" tarkibiga qaytmoqda

«Bukayo so'nggi yillardagi eng ta'sirli o'yinchilarimizdan biri hisoblanadi. Hal qiluvchi lahzalar kelganda, u biz uchun g'alabani ta'minlaydigan vaziyatlarni yaratishiga ishonamiz. U tarkibda bo'lishi juda muhim va biz undan to'g'ri foydalanishga harakat qilamiz», — dedi Arteta matbuot anjumanida. Hozirda "Arsenal" va "Man Siti" ochkolar hamda to'plar nisbati bo'yicha teng holatda bormoqda.

Chempionat yakunlanishiga beshta tur qolganida, Arteta o'z shogirdlarini ortiqcha gap-so'zlarga chalg'imasdan, bor e'tiborni maydondagi natijaga qaratishga undadi. Murabbiyning fikricha, chempionlikka loyiqlikni faqat o'yin orqali isbotlash mumkin. So'nggi oltita o'yinning to'rttasida mag'lub bo'lgan London klubi uchun "Nyukasl" ustidan qozoniladigan g'alaba turnir jadvalidagi holatni yaxshilash uchun suv va havodek zarur.

Saka jarohatdan so'ng "Arsenal" tarkibiga qaytmoqda
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar