date

Microsoft dunyodagi eng yirik ma'lumotlar markazini ishga tushirdi

Microsoft dunyodagi eng yirik ma'lumotlar markazini ishga tushirdi

"Microsoft" kompaniyasi rejalashtirilgan muddatdan avval sun'iy intellekt (SI) uchun mo'ljallangan dunyodagi eng yirik ma'lumotlar markazini ishga tushirdi. AQShning Viskonsin shtatida joylashgan "Fairwater" obyekti SI modellarini o'qitish va yirik ilovalarni ishga tushirish uchun maxsus qurilgan noyob majmua hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi obyekt qariyb 1,3 mln kvadrat metr maydonni egallagan. Qurilish jarayonida 74,5 km poydevor qoziqlari, 13 000 tonna konstruktiv po'lat va 200 km dan ortiq elektr kabeli sarflandi. Oddiy bulutli markazlardan farqli o'laroq, ushbu majmua yuz minglab eng so'nggi "Nvidia Blackwell" grafik protsessorlarini birlashtirgan yagona ulkan superkompyuter sifatida loyihalashtirilgan.

Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, ushbu markaz bugungi kunda dunyodagi eng tezkor superkompyuterdan 10 barobar yuqori unumdorlikni ta'minlaydi. Bu SI ma'lumotlarini o'qitish va qayta ishlash vazifalarini misli ko'rilmagan darajaga olib chiqish imkonini beradi. Garchi aniq raqamlar ochiqlanmagan bo'lsa-da, yuz minglab "Blackwell" tezlatkichlarining qo'llanilishi sohada katta burilish yasashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Microsoft dunyodagi eng yirik ma'lumotlar markazini ishga tushirdi