Zamin App
Zamin.uz Mobil ilovamizda yangiliklarni qulayroq o'qing!
Yuklab olish
USD: 12136.92   EUR: 14191.70   RUB: 159.99

Xaykin Manchster Sitini yengish Norvegiya sporti tarixiga kirdi deydi

date views 12 category Sport
Xaykin Manchster Sitini yengish Norvegiya sporti tarixiga kirdi deydi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasi darvozaboni Nikita Xaykin «Manchester Siti» ustidan qo‘lga kiritilgan sensatsion g‘alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvi norveglar foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi.

«O‘yindan keyin ham biz, rostini aytsam, XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini yengganimizni darrov anglab yetmadik. Bu uchrashuv faqat biz uchun emas, barcha norveglar, umuman Norvegiya sporti uchun tarixga kirdi», — dedi Xaykin «VideoSports» dasturida.

Darvozabon bu natijani o‘z faoliyatidagi eng muhim g‘alabalardan biri sifatida ham alohida ta’kidladi.

Ayni paytda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.