Kompani Karlning Bavariyadagi o'yiniga talablarini aytdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani 17 yoshli yarim himoyachi Lennart Karlning o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik mutaxassis Karlndan avvalo himoyada ham fidokorona ishlashni kutayotganini ta'kidladi. Kompanining aytishicha, u himoyaga yordam bera oladi va hujumda ham jamoaga foyda keltiradi, chunki «Bavariya»da har bir futbolchi mudofaadan hujumga tez o'tish talabini bajarishga qodir.
Joriy mavsum Bundesligada Lennart Karl 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing