Balogun Gavrga qarshi o'yin oldidan ogohlantirdi

"Monako" hujumchisi Folarin Balogun Liga 1ning 19-turida "Gavr"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Forvardning aytishicha, monakoliklar bugungi raqibiga hurmat bilan qaraydi, biroq safardagi o'yinda ham uch ochkoni olish niyatida qat'iy.
"Bu juda jismoniy kuchli jamoaga qarshi qiyin bahs bo'ladi. Biz bemalol o'tirib, faqat "Real"ga qarshi o'tgan o'yinni o'ylab qolishimiz mumkin, ammo bu bizga yordam bermaydi", — deya Balogunning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Eslatib o'tamiz, hafta o'rtasida "Monako" Chempionlar ligasida Madridning "Real" klubiga 1:6 hisobida yirik mag'lub bo'lgandi.
18 turdan so'ng "Monako" 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. "Gavr" — "Monako" uchrashuvi 24-yanvar kuni raqib maydonida bo'lib o'tadi va 23:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!