date

Al-Nasr Ronaldu bilan 2027 yildan keyin ham qolmoqchi

Al-Nasr Ronaldu bilan 2027 yildan keyin ham qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, klub bilan shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko'rib chiqmoqda. Rejaga binoan, Ronaldu hozirgi ulushi oshirilib, «Al-Nasr»dagi ulushi 15 foizgacha yetkazilishi mumkin. Liga esa Ronaldu ketgan taqdirda jahon miqyosidagi qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni o'rganmoqda.

Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr» safiga qo'shilgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi tarkibida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu bilan 2027 yildan keyin ham qolmoqchi