date

Argentinaning Kilmes klubi stadionni yangilash uchun muxlislardan yordam so'radi

Argentinaning Kilmes klubi stadionni yangilash uchun muxlislardan yordam so'radi

Argentinadagi eng qadimiy klublardan biri sanaladigan «Kilmes» 1887 yilda tashkil topgan. Shuning uchun ham jamoaning muxlislari ko‘p, biroq hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati stadionni qayta qurish tashabbusi bilan chiqib, aynan shu masalada muxlislarga murojaat qildi. Gap odatdagidek pul xayriyasi haqida emas: ishqibozlarga stadionga kelib, belgilangan vazifalarni bajarish orqali bevosita jismoniy mehnat bilan yordam berish taklif qilindi.

Janubiy yarim sharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, muxlislar klub chaqirig‘iga mamnuniyat bilan javob qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinaning Kilmes klubi stadionni yangilash uchun muxlislardan yordam so'radi