Artisan sun'iy intellekt startapi 'This is fine' memi muallifining asarini o'g'irladi

Artisan sun'iy intellekt startapi 'This is fine' memi muallifining asarini o'g'irladi
Qisqacha

ArtiSan sun'iy intellekt startapi "This is fine" memining muallifi KC Greenni uning asaridan ruhsatsiz foydalanganlikda aybladi. Green, reklama orqali sun'iy intellekt xodimini ishga olishga chaqirilganini va hech qanday kelishuv bo'lmaganini ta'kidladi. ArtiSan kompaniyasi muallif ijodini hurmat qilishini va u bilan bog'lanishga harakat qilayotganini ma'lum qildi, ammo Green o'z huquqlarini himoya qilish uchun yuridik yordam izlayotganini bildirdi.

"This is fine" memi muallifi KC Green Artisan sun'iy intellekt startapini uning asaridan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda metro bekatidagi reklamada mashhur it tasviri va "Mening quvurim yonmoqda" yozuvi aks etgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Reklama orqali odamlarni sun'iy intellekt xodimini ishga olishga chaqirilgan. Green bu holatga munosabat bildirib, asari o'g'irlanganini va hech qanday kelishuv bo'lmaganini ta'kidladi.

TechCrunch nashrining so'roviga javoban Artisan kompaniyasi muallif ijodini hurmat qilishini va u bilan bog'lanishga harakat qilayotganini ma'lum qildi.

Rassom o'z huquqlarini himoya qilish uchun yuridik yordam izlayotganini aytib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, memlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi va mualliflik huquqi hurmat qilinishi kerak.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar