"Inter" klubi "Parma" ustidan g'alaba qozonib chempion bo'ldi

"Inter" klubi "Parma" ustidan g'alaba qozonib chempion bo'ldi

"Inter" klubi 2025-2026 yilgi mavsumda A Seriya chempioni deya rasman e'lon qilindi. Jamoa "San Siro" stadionida "Parma" ustidan 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvdagi gollarga Markus Tyuram hamda "Manchester Yunayted"ning sobiq yulduzi Genrix Mxitaryan mualliflik qildi. Bu g'alaba orqali milanliklar o'z tarixida 21-marta Skudetto sohibiga aylandi.

Jamoa chempionat yakunlanishiga uchta tur qolganida asosiy raqobatchilari bo'lgan "Napoli" va "Milan" klublarini ortda qoldirdi. Ushbu tarixiy natija Milanda katta bayram tantanalarini boshlab yubordi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar