Ryzen AI Max+ Pro 495 protsessori ilk bor benchmarkda ko'rindi

Ryzen AI Max+ Pro 495 protsessori ilk bor benchmarkda ko'rinish berdi va o'zidan oldingi modellarga nisbatan biroz o'sish qayd etdi. PassMark sinovida yangi qurilma 57 525 ball to'pladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Taqqoslash uchun, Ryzen AI Max+ 395 modeli 55 163 ball, Max+ Pro 395 esa 51 778 ball olgan edi.

Yangi liniya texnik jihatdan eskisidan deyarli farq qilmaydi. Biroq, chastotalarning biroz oshirilgani unumdorlikning kichik o'sishini ta'minlagan.
Yana bir muhim farq shundaki, yangi protsessor 192 GB gacha bo'lgan tezkor xotirani qo'llab-quvvatlaydi. Max 300 liniyasida bu ko'rsatkich 128 GB bilan cheklangan edi.
Ushbu protsessor konfiguratsiyasiga iGPU Radeon 8065S ham kiritilgan. U Radeon 8060S modelidan faqat 100 MGts yuqori chastotasi bilan farq qiladi.
Yangi APU qurilmalari yaqin oylarda bozorga chiqishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!