date

Arbeloa Mourinyu boshqarayotgan Benfika bilan o'yinni kutmoqda

Arbeloa Mourinyu boshqarayotgan Benfika bilan o'yinni kutmoqda

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv Lissabonda umumiy bosqichning so'nggi turi doirasida 28-yanvar, chorshanba kuni bo'lib o'tadi. «Burgutlar»ni hozirda Joze Mourinyu boshqarmoqda — uni yaqinda «Real»ga ehtimoliy qaytish bilan ham bog'lashgandi.

«Bizning maqsad — kuchli sakkizlikdan joy olish. «Benfika» stadioni biz, madridistlar uchun har doim alohida ahamiyatga ega bo'lib qoladi», — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Eslatib o'tamiz, 2014-yil may oyida Lissabondagi «Eshatadiu da Lush» arenasida «Real» Chempionlar ligasini o'ninchi bor qo'lga kiritgandi: finalda «Atletiko» 4:1 hisobida mag'lub etilgan. O'sha paytda «Real» himoyachisi bo'lgan Arbeloa esa finalni zaxirada o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mourinyu boshqarayotgan Benfika bilan o'yinni kutmoqda