Gleb: Gancherenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish qiyin bo'ladi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus terma jamoasining Viktor Gancherenko qo'l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Glebning aytishicha, Gancherenko uchun terma jamoani Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo'lmaydi. U terma jamoa va klubdagi murabbiylik butunlay boshqa ish ekanini ta'kidlab, Viktor Mixaylovich yangi vazifaga qanday moslashishini vaqt ko'rsatishini “RB Sport”ga aytdi.
Shu bilan birga, sobiq futbolchi qanday holat bo'lishidan qat'i nazar, jamoa va murabbiylarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Uning umidi — Gancherenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashi.
Ma'lumot uchun, belarusliklar kelasi yoz AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralashdan o'ta olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!