Tim Kuk rahbarlikdan ketishi fonida Apple rekord darajada daromad topdi

Apple kompaniyasi mart oyida 111,2 milliard dollar daromad qilib, rekord natija ko'rsatdi. Rahbar Tim Kuk bu o'sishni barcha hududlarda kuzatilganini ta'kidladi, ammo yaqin kelajakda xotira chiplari ta'minoti bilan bog'liq muammolar biznesga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ogohlantirdi. 1 sentyabrdan boshlab Jon Ternus kompaniyaning yangi bosh direktori bo'lib tayinlanadi, Kuk esa ijrochi rais sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Apple kompaniyasi mart oyida yakunlangan chorakda 111,2 milliard dollar daromad qilib, o'zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. Kompaniyaning amaldagi rahbari Tim Kuk bu o'sish barcha hududlarda kuzatilganini ta'kidladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Biroq, Kuk yaqin kelajakda xotira chiplari ta'minoti bilan bog'liq muammolar biznesga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi. Sun'iy intellekt sohasining jadal rivojlanishi chiplarga bo'lgan talabni keskin oshirib, taqchillikni yuzaga keltirmoqda.
Ushbu holat sanoatda "RAMageddon" deb atalmoqda va apparat ta'minoti narxlarining ko'tarilishiga olib kelmoqda. Xabarlarga ko'ra, xotira chiplari narxi to'rt barobar oshgan bo'lib, bu bevosita iPhone ishlab chiqarish xarajatlariga ta'sir qiladi.
Natijada, Apple smartfonlar narxini oshirishga majbur bo'lishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya rahbariyatida o'zgarishlar yuz bermoqda. 1-sentyabrdan boshlab Jon Ternus Apple kompaniyasining yangi bosh direktori lavozimiga kirishadi.
Tim Kuk esa ijrochi rais sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ternus o'z nutqida Kukni barcha davrlarning eng buyuk biznes yetakchilaridan biri deb atadi. U yangi lavozimga tayinlanishini katta sharaf ekanligini va Kukning ishonchini oqlashga harakat qilishini bildirdi.































Izohlar 0
…