"Kristal Pelas" ishonchli gʻalaba bilan finalga yaqinlashdi

1 daqiqa o'qish242
"Kristal Pelas" ishonchli gʻalaba bilan finalga yaqinlashdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Kristal Pelas"
  • Yevropa Konferensiyalar ligasi yarimfinalida "Shakhtyor" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
  • O'yin tezda boshlandi va Ismaila Sarr birinchi daqiqada gol urdi.
  • Ikkinchi bo'limda "Shakhtyor" hisobni tenglashtirgan bo'lsa-da, "Kristal Pelas" tezda javob qaytarib, g'alabani qo'lga kiritdi. Endi "Shakhtyor"ga finalga chiqish uchun mўjiza kerak bo'ladi.
"Kristal Pelas" ishonchli gʻalaba bilan finalga yaqinlashdi

Yevropa Konferensiyalar ligasi yarimfinal bosqichidagi ilk bahslar muxlislarga sermazmun va hujumkor futbol taqdim etdi. "Kristal Pelas" Polshada "Shaxtyor"ga qarshi maydonga tushib, ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Uchrashuv juda tez boshlandi. Ingliz jamoasi hali oʻyinning 1-daqiqasidayoq hisobni ochib, raqibni shok holatiga tushirdi — Ismaila Sarr aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu gol oʻyin ssenariysini toʻliq oʻzgartirdi.

Ikkinchi boʻlim boshida “Shaxtyor” hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. 47-daqiqada Ocheretko jamoasiga umid bagʻishladi. Biroq bu quvonch uzoq davom etmadi.

58-daqiqada Daichi Kamada yana mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Oʻyinning soʻnggi qismida esa zaxiradan tushgan Larsen 84-daqiqada uchinchi golni urdi va bahsga nuqta qoʻydi.

YEKL. Yarimfinal

"Shaxter" – "Kristal Pelas" 1:3

Gollar: Ocheretko (48) – Sarr (1), Kamada (58), Larsen (84)

"Shaxter": Riznik – Vinisius Tobias, Bondar, Matviyenko, Pedro – Enrike – Ocheretko (Nazarin, 83) – Alisson, Pedrino (Neverton, 74), Marlon Gomes (Izaki, 65), Eginaldu (Bondarenko, 74) – Kauan Elias (Traore, 83)

"Kristal Pelas": Xenderson – Richards, Lakrua, Kanvo – Munos, Uorton, Kamada (Lerma, 90), Mitchell – Sarr, Mateta (Larsen, 65), Pino (Djonson, 74)

Ogohlantirishlar: Ocheretko (31), Vinisius Tobias (38), Pedro Enrike (53) – Pino (44), Kanvo (56)

Shu tariqa, “Kristal Pelas” 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, javob oʻyini oldidan juda qulay ustunlikka ega boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, jamoalar oʻrtasidagi ikkinchi uchrashuv 7 may kuni boʻlib oʻtadi va aynan oʻsha bahs final yoʻllanmasini hal qiladi.

Qisqacha aytganda, ingliz klubi bu gal oʻyinni toʻliq nazorat qildi va natijada ustunlikni qoʻlga kiritdi. Endi “Shaxtyor”ga finalga chiqish uchun moʻjiza kerak boʻladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?