Kenan Yildiz Ronaldo va Del Peroga tenglashdi

Kenan Yildiz «Yuventus»ning «Napoli» darvozasiga kiritgan uch goldan biriga mualliflik qildi. Uchrashuv Luciano Spalletti jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik futbolchi uch ochko tizimi joriy etilgan davrda «Yuventus» safida A Seriyasining bitta mavsumidagi «Napoli»ga qarshi ikki o‘yinda ham gol urgan bor-yo‘g‘i beshinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Piero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrizio Ravanelli (1994/95) amalga oshirgan.
Joriy mavsumda Yildiz Italiya chempionatida jami sakkiz bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, shuningdek, jamoadoshlariga to‘rt marta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!