Endrik Liga 1da asr boshidan beri eng yoshlar qatorida

Madridning “Real” klubidan ijaraga olingan “Lion” hujumchisi Endrik “Mets”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi va jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik forvard 11 va 45-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi, 87-daqiqada esa penaltidan aniq zarba berib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Madrid Zone ma’lumotiga ko‘ra, Endrik 19 yosh-u 188 kunligida XXI asr boshidan beri fransuz Liga 1 tarixida xet-trik qilgan to‘rtinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Undan yoshroq natija ko‘rsatganlar ro‘yxatida Jeremi Mene (17 yosh-u 260 kun), Kilian Mbappe (18 yosh-u 53 kun) va Usmon Dembele (18 yosh-u 296 kun) bor.
Yanvar boshida “Real”dan “Lion”ga kelgan Endrik shu vaqtga qadar uch uchrashuvda 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma ham amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!