David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surgan, hatto klub bilan birga Argentina futboli ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege “River Pleyt”ga maydondagi rol uchun emas, balki klub rahbariyati tarkibiga qo‘shilish maqsadida kelmoqda. Uning aniq lavozimi rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni butun rahbariyat ishtirokida tantanali tarzda tanishtirdi.
Taqdimot chog‘ida Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillashi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!