Al-Nasr Sadio Mane bo'yicha qarorini qabul qildi

Hujumchi Sadio Mane katta ehtimol bilan «Al-Nasr»ni tark etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Sadio Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.
Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing