Tesla Nevada zavodida Semi yuk mashinalarini seriyali ishlab chiqarishni boshladi

Tesla kompaniyasi Nevada shtatidagi Gigafactory zavodida Tesla Semi yuk mashinasining birinchi seriyali modelini ishlab chiqarganini e'lon qildi. Bu loyiha bir necha yillik kechikishlardan so'ng ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o'tganini anglatadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi ishlab chiqarish liniyasi yiliga 50 mingtagacha yuk mashinasini yig'ish imkoniyatiga ega. Model ikki xil versiyada taqdim etiladi.
Standard Range versiyasi 523 kilometr masofani bosib o'tadi va narxi 260 ming dollarni tashkil qiladi. Long Range versiyasi esa bir marta quvvatlanish orqali 805 kilometrgacha harakatlanadi va 290 ming dollarga baholanadi.
Yuk mashinasi 800 kVt quvvatga ega uch motorli elektr qurilma bilan jihozlangan. U 1,2 MVt quvvatli tezkor zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydi va 30 daqiqa ichida 60 foiz quvvat olish imkoniyatiga ega.
Batareyalar to'g'ridan-to'g'ri zavodning o'zida ishlab chiqariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!