date

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichida navbatdagi uchrashuvda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi 6-tur doirasida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq ijro etdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi uchinchi ketma-ket mag'lubiyat bo'ldi.

Olti turdan so'ng 4 ochko to'plagan Slutskiy jamoasi turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko bilan kuchli uchlikda — 3-pog'onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi