date

Oʻzgidromet tezkor ogohlantirish berdi

Oʻzgidromet tezkor ogohlantirish berdi

Oʻzgidromet tomonidan tezkor xabar eʼlon qilindi. Joriy yilning 28 aprelidan 4 maygacha kutilayotgan yogʻingarchiliklar tufayli respublika hududlarining togʻ oldi va togʻli joylarida sel va suv toshqini holatlari kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Maʼlum qilinishicha, quyidagi hududlarda xavf yuqori:

  • Qashqadaryo viloyatida: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlari;
  • Surxondaryo viloyatida: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlari;
  • Samarqand viloyatida: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  • Navoiy viloyatida: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  • Jizzax viloyatida: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyatida: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyatida: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlari;
  • Fargʻona viloyatida: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlari;
  • Andijon viloyatida: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, togʻ oldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam olish uchun chiqqanlar va ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini kuchaytirishlari lozim.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomgʻir suvlarining toʻplanishi ehtimoli borligi qayd etilmoqda. Bu holat esa ayrim joylarda suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzgidromet tezkor ogohlantirish berdi