date

Gleb Gancharenko Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi qiyinligini aytdi

Gleb Gancharenko Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi qiyinligini aytdi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus milliy jamoasining Viktor Gancharenko qo'l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning ta'kidlashicha, Gancharenkoga Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo'lmaydi. Uningcha, terma jamoada ishlash klubdagi murabbiylikdan butunlay farq qiladi va endi Viktor Mixaylovich yangi vazifaga qanday moslashishini vaqt ko'rsatadi.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi vaziyat qanday bo'lishidan qat'i nazar, terma jamoa va bosh murabbiyini qo'llab-quvvatlashini aytdi. Gleb Gancharenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashidan umidvor.

Eslatib o'tamiz, belarusliklar yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionatiga yo'llanma ololmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gleb Gancharenko Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi qiyinligini aytdi