Tochilin Arsen Zaharyanga Yevropada qolishni maslahat berdi

Avval «Dinamo» safida to‘p surgan Aleksandr Tochilin Arsen Zaharyanning «Real Sosyedad»dagi hozirgi vaziyati borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispan OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, basklar klubining yangi bosh murabbiyi yarim himoyachini jamoa rejalariga kiritmayapti va bu haqda futbolchining o‘ziga ham aytib qo‘ygan. Shuningdek, La Ligadagi bir nechta klub Zaharyanni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqayotgani qayd etildi.
Tochilin «RB Sport»ga bergan izohida Zaharyan uchun Yevropada qolish muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, yosh rossiyalik futbolchi aynan Yevropa futbolida o‘sib, rivojlanishi kerak, barqaror o‘yin uchun esa jarohatlar unga xalal bermasligi lozim.
22 yoshli Zaharyan 2023 yilda «Real Sosyedad»ga kelib qo‘shilgan. U klub safida 60 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urdi va 3 assist amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!