Al-Nasr Sadio Mane bo'yicha qarorini shakllantirdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchi Sadio Mane bilan bog'liq rejalarini aniqlashtirdi: futbolchi jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko'ra, klub senegallik legionerga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Mane bilan amaldagi kelishuv esa 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Sadio Mane «Al-Nasr»ga 2023 yilda «Bavariya»dan 30 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali forvardning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.
Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!