David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi «River Pleyt» safida ham to'p surib, Argentina futboli ikkinchi ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege «River Pleyt»ga maydondagi emas, boshqaruvdagi rolda qaytmoqda — u klub rahbariyati tarkibidan o'rin oladi. Klub sobiq futbolchini barcha rahbarlar ishtirokida taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.
Trezening jamoa ichidagi aniq lavozimi hozircha rasman ochiqlanmagan. Biroq taqdimotda u strategik masalalar bilan shug'ullanishi va «River Pleyt»ni institutisonal darajada vakillashi ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!