14 yoshli qizning yigiti PPX xodimini “shantaj” qilgani maʼlum boʻldi

1 daqiqa o'qish8.1K
14 yoshli qizning yigiti PPX xodimini “shantaj” qilgani maʼlum boʻldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent viloyatining Ohanjaron tumanida 14 yoshli qiz bilan bog'liq shov-shuvli holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.
  • Videomurojaatda patruль-post xizmati xodimiga nisbatan no‘rin harakatlar qilgani haqida da’vo qilingan, ammo viloyat IIV bu iddaolarni rad etdi va tekshiruv o‘tkazdi.
  • Tekshiruv natijalari, qiz va 22 yoshli ayol xodimning avtomashinasiga o‘z ixtiyorlari bilan o‘tganini, shuningdek, voqeani videoga olgan yigitning qiz bilan oldindan munosabatda bo‘lganini ko‘rsatdi.
  • IIV fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga ishonmaslikni va faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya qildi.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 14 yoshli qiz bilan bogʻliq holat atrofidagi shov-shuvlarga rasmiy izoh berildi. Ilgari ijtimoiy tarmoqlarda patrul-post xizmati xodimi qizga nisbatan nooʻrin harakat qilgani haqida videomurojaat tarqalgan edi. Keyinchalik ushbu daʼvolarni viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi rad etdi va holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini maʼlum qildi.

30 aprel kuni esa IIBB mazkur voqeaga doir qoʻshimcha tafsilotlarni ochiqladi. Unga koʻra, oʻtkazilgan kompleks tekshiruvlar videomurojaatdagi iddaolar asossiz ekanini koʻrsatgan.

Maʼlum boʻlishicha, 27 aprel kuni tungi soat taxminan 00:30 atrofida patrul-post xizmati xodimiga tanishi boʻlgan 22 yoshli ayol qoʻngʻiroq qilib, maslahatlashish uchun uchrashuvga chaqirgan. Shundan soʻng ayol va 14 yoshli qiz oʻz xohishi bilan xodim boshqarayotgan avtomashinaga oʻtirgan.

Hodisa ishtirokchilaridan biri boʻlgan ayolning aytishicha, ular mashinada suhbatlashib turgan vaqtda kutilmaganda boshqa transport vositasi kelib toʻxtagan. U yerdan chiqqan yigitlardan biri qiz bilan avvaldan munosabatda boʻlgani maʼlum boʻlib, u keskin ravishda janjal chiqargan va holatni videoga oldirgan.

Shu jarayonda qiz qoʻrqib, ruhiy bosimga tushgan. Vaziyatdan chiqish maqsadida haydovchi tezda u yerdan uzoqlashgan. Keyinchalik esa ijtimoiy tarmoqlarda voqea butunlay boshqacha talqinda tarqatila boshlagan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, videomurojaatni tarqatgan shaxs qizga qarindosh emas. U qiz bilan shaxsiy munosabatda boʻlib, uni doimiy nazorat qilib kelgan. Shuningdek, mazkur yigit bir necha kun avval ham qiz bilan tungi vaqtda yurgani uchun aynan shu xodim tomonidan toʻxtatilib, rasmiy ravishda ogohlantirilgani aniqlangan.

Oradan vaqt oʻtib, qiz joylashuvini yuborganidan soʻng, yigit ular turgan joyga kelib, ataylab janjal koʻtargan va xodimni ayblashga uringan.

Ichki ishlar organlari ushbu holat boʻyicha huquqiy baho berilishini maʼlum qildi. Shuningdek, fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday xabarga ishonib ketmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?