Endi podʼyezdlar majburiy tozalanadi: yangi qoidalar tasdiqlandi

1 daqiqa o'qish1.6K
Endi podʼyezdlar majburiy tozalanadi: yangi qoidalar tasdiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda ko'p kvartirali uylar uchun yangi qoidalar tasdiqlandi.
  • Endi uylarning kirish yo'laklari va zinalari har hafta kamida bir marta tozalanishi shart.
  • Boshqaruv organlari umumiy texnik pasport yuritishi va sanitariya ishlariga alohida e'tibor berishi kerak.
  • Shuningdek, uyda turli taqiqlar joriy etilib, umumiy joylarda uy hayvonlarini saqlash, balkonlarda og'ir buyumlar saqlash va boshqa bir qator cheklovlar belgilandi.

Oʻzbekistonda koʻp kvartirali uylarda yashovchilar uchun muhim yangilik eʼlon qilindi. Yangi tartibga koʻra, endi uylarning kirish yoʻlaklari va zinapoyalari har hafta kamida bir marta tozalanishi shart qilib belgilandi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur talab Adliya vazirligi tomonidan 29 aprel kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”da oʻz aksini topgan.

Yangi qoidalarga muvofiq, koʻp kvartirali uylar uchun boshqaruv organlari umumiy texnik pasport yuritishi lozim boʻladi. Shuningdek, ular binoning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari, videokuzatuv tizimlari va domofonlarni doimiy ishchi holatda saqlash, zarur xomashyo va jihozlarni xarid qilish ishlarini ham amalga oshiradi.

Shu bilan birga, uy fasadi yoki umumiy foydalanish hududlarida turli meʼmoriy elementlar, reklama va eʼlonlarni faqat mulkdorlar yigʻini qarori asosida oʻrnatish mumkin boʻladi. Uylardagi shovqin darajasi esa belgilangan sanitariya meʼyorlaridan oshib ketmasligi qatʼiy talab sifatida qayd etildi.

Qoidalarda yana bir muhim jihat — sanitariya ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, zarurat tugʻilganda zinapoyalar, liftlar, chiqindilar yigʻiladigan joylar va yertoʻlalarda dezinfeksiya, dezinsektsiya va deratizatsiya ishlari oʻtkaziladi. Agar yertoʻlada quvur avariyasi tufayli suv yoki oqova toʻplansa, boshqaruv organi 24 soat ichida uni bartaraf etishi shart.

Yangi tartibga koʻra, lift xonalari ham haftada bir marta tozalanadi va lift uskunalari doimiy texnik nazoratdan oʻtkazib boriladi.

Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda qator taqiqlar ham joriy qilindi. Xususan:

  • Balkon va lodjiyalarga yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalar oʻrnatish mumkin emas;
  • Balkonlarda ogʻir buyumlarni saqlash taqiqlanadi;
  • Fasad tomonga kiyim-kechak yoki gilam ilish mumkin emas (ichki tomon bundan mustasno);
  • Uy hayvonlarini umumiy joylarda saqlashga ruxsat berilmaydi;
  • Zinapoyalarda yonuvchi materiallarni qoldirish man etiladi;
  • Isitish tizimiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartish kiritish taqiqlanadi.

Shuningdek, avtomobillarni gazonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlar yoki kirish yoʻlaklari oldiga qoʻyish ham endilikda qonunbuzarlik hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?