Endi mashinani podʼyezd oldiga qoʻyganlar jazolanadi

1 daqiqa o'qish981
Endi mashinani podʼyezd oldiga qoʻyganlar jazolanadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda ko'p kvartirali uylar atrofida avtomobillarni noto'g'ri joylashtirishga qarshi yangi qoidalar joriy etildi.
  • Endi mashinalarni trassalar, pod'yezdlar oldi va boshqa umumiy foydalanish hududlariga qo'yish man etiladi.
  • Ushbu cheklovlar xavfsizlikni ta'minlash va umumiy joylarni saqlash maqsadida kiritilgan.
  • Shuningdek, balkonlarda og'ir buyumlarni saqlash va boshqa bir qator cheklovlar ham belgilangan.

Oʻzbekistonda koʻp kvartirali uylar atrofida avtomobillarni notoʻgʻri joylashtirishga qarshi qatʼiy cheklovlar joriy etildi. Yangi qoidalarga koʻra, endi mashinalarni trotuarlar, podʼyezdlar oldi va boshqa umumiy foydalanish hududlariga qoʻyish man etiladi.

Mazkur talablar Adliya vazirligi tomonidan 29 aprel kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”da belgilab qoʻyildi.

Qoidalarga binoan, avtotransport vositalarini uylarga tutash hududlardagi maysazorlar, xiyobonlar, bolalar maydonchalari, shuningdek trotuarlar va kirish yoʻlaklari qarshisiga qoʻyish taqiqlanadi. Bu cheklovlar hovlilarda harakat xavfsizligini taʼminlash va umumiy joylarni asrash maqsadida kiritilgan.

Shu bilan birga, yangi tartibda bir qator boshqa taqiqlar ham nazarda tutilgan. Jumladan, balkon va lodjiyalarga yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalar oʻrnatish, ularda ogʻir buyumlarni saqlash mumkin emas. Shuningdek, balkonlarning tashqi qismiga kiyim-kechak, gilam yoki boshqa buyumlarni ilib qoʻyish ham taqiqlanadi (ichki qismi bundan mustasno).

Uy hayvonlarini zinapoyalar, yertoʻlalar, chordoqlar va boshqa umumiy joylarda saqlashga ham ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, zina maydonchalarida yoki zinapoya ostida yonuvchan materiallarni qoldirish, shuningdek issiqlik tizimlariga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartish kiritish man etiladi.

Yangi qoidalarda sanitariya va texnik xizmat koʻrsatish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, lift xonalari har hafta tozalanadi va lift uskunalari muntazam texnik nazoratdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, agar yertoʻlada quvur avariyasi yuz berib, suv yoki oqova toʻplansa, boshqaruv organi 24 soat ichida ushbu muammoni bartaraf etishi shart qilib belgilandi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur yangiliklar koʻp kvartirali uylarda tartib-intizomni kuchaytirish, tozalikni saqlash va aholi uchun xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?