date

Real Mbappe haqidagi so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi

Real Mbappe haqidagi so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi

«Real» Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni jamoa navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning holati bo‘yicha yangilik berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kilian Mbappe individual dastur asosida o‘rtacha yuklama bilan shug‘ullangan. Antonio Ryudiger esa mashg‘ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o‘tkazib, keyin yakka tartibda ishlashda davom etgan. Shuningdek, Karerras ham Mbappe kabi individual tarzda o‘rtacha intensivlikda mashq qilgan, Militao zalda tayyorlangan, Mendi esa maydon va bino ichida alohida dastur bo‘yicha shug‘ullangan.

«Benfika» — «Real» uchrashuvi 29 yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabondagi bahsni matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe haqidagi so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi