Real Mbappe mashg'uloti bo'yicha so'nggi ma'lumotni e'lon qildi

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi safardagi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni jamoa navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning holati haqida yangilangan ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, Kilian Mbappe yakka tartibdagi dastur asosida mo'tadil yuklama bilan shug'ullangan. Antonio Ryudiger esa mashg'ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o'tkazib, keyin individual ishlashga o'tgan. Karerras ham Mbappe singari mo'tadil individual mashg'ulot bajargan, Eder Militao zalda ishlagan, Ferlan Mendi esa maydonda va yopiq inshootda alohida mashq qilgan.
“Benfika” — “Real” uchrashuvi 28-yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Lissabondagi bahs tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!