Bavariya U'pamekanoning kelajagi bo'yicha javob kutmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl markaziy himoyachi Dayo U'pamekano atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Biz U'pamekanodan javob kutyapmiz», — deya Eberlning so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Florian Plettenberg keltirdi.
Avvalroq OAVda «Bavariya» yangi kelishuv bo'yicha U'pamekanoga taqdim etilgan taklif shartlarini yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
U'pamekano «Bavariya» safida jami 176 uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing