Ronaldu “Al-Nasr”ning g‘alabasini ikki emodzi bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisisiz ham natija ko‘rsatishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni Tojikistonda “Istiqlol”ni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etib, guruhdagi beshinchi o‘yinida ham ketma-ket g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvdan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga olov hamda olqish emojilarini qo‘shdi.
40 yoshli hujumchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, internetda Ronaldu va Tojikiston haqida tarqalgan soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!