date

Bavariya Keynning kelajagi borasida aniq javob berdi

Bavariya Keynning kelajagi borasida aniq javob berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl hujumchi Garri Keynning kelajagi yuzasidan izoh berdi. Uning aytishicha, klub ingliz forvardi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Biz Garri bilan muzokara olib boryapmiz», — deya Eberlning so'zlarini nemis Sky jurnalisti Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Manbaga ko'ra, gap 2028 yoki 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan kelishuv haqida ketmoqda. Keyn shartnomani uzaytirishga qarshi emas va hozircha transfer haqida o'ylamayapti.

Garri Keyn «Bavariya» safiga 2023 yil yozida qo'shilgan. Shu vaqt ichida u barcha rasmiy musobaqalarda 126 ta uchrashuvda maydonga tushib, 119 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Keynning kelajagi borasida aniq javob berdi