Bavariya Upamekano bo‘yicha qarorini kutmoqda

Myunxenning “Bavariya” klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar klub bilan bog‘lab turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda Eberlning so‘zlarini keltirdi: “Biz Upamekanodan javob kutyapmiz”.
Avvalroq OAVda “Bavariya” yangi shartnoma bo‘yicha Upamekanoga berilgan taklifni yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Upamekano “Bavariya” safida jami 176 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing