Ronaldu g'alabadan so'ng Al-Nasr maqsadini eslatdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi bahsida «Al-Nasr» «Al-Taavun» ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yulduz bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning natijasidan mamnun ekanini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ni turnir jadvalida ikkinchi o'ringa olib chiqdi. Peshqadam «Al-Hilol»dan ortda qolish hozircha 5 ochkoni tashkil etmoqda.
5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Hujumchining «Al-Nasr» bilan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing