Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan so'ng qisqa bayonot berdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi doirasidagi dushanba kungi bahsda «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoa g'alabasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq natijadan mamnunligini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ni turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tardi. Jamoa peshqadam «Al-Hilol»dan hozircha besh ochko ortda qolmoqda.
Ma'lumot uchun, 5-fevral kuni Ronaldu 41 yoshga to'ladi. Yulduz futbolchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing