date

Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan keyin maqsadni eslatdi

Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan keyin maqsadni eslatdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida yengdi. Bahsdan so‘ng Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoa muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq natijadan mamnunligini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to‘liq diqqat!» — deya yozdi Ronaldu.

Ushbu g‘alaba «Al-Nasr»ga uch ochko olib keldi va klub turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Peshqadam «Al-Hilol»dan farq hozircha besh ochkoni tashkil etmoqda.

5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Yulduz futbolchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan keyin maqsadni eslatdi