Michel Ter Shtegenning Jironadagi ilk o'yinini yuqori baholadi

«Jirona» bosh murabbiyi Michel darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning jamoa safidagi debyutiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis posboni ilk uchrashuvida «Xetafe»ga qarshi o'yinda jamoasiga ochko olib kelishga yordam berdi. Ter Shtegen bir gol o'tkazib yubordi, bahs esa 1:1 hisobida yakunlandi.
«U fantastik o'yin o'tkazdi. U hujumlarni qurishda katta hissa qo'shadi, yakunda esa ajoyib seyv ham amalga oshirdi», — deya Michelning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Mutaxassis uchrashuv uchun darvozabon tanlash qarori oson bo'lmaganini ham yashirmadi. U posbonlar bilan suhbatlashganini aytdi, biroq gap nima haqida ketganini ochiqlashdan bosh tortdi.
«Jirona» ter Shtegenni «Barselona»dan ijaraga oldi. Avvalroq darvozabonni ro'yxatdan o'tkazishda muammo yuzaga kelgani, sababi jamoada barcha darvozabon raqamlari band ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!