“O‘zbek Tayson” YPXdan qochdi: mashinasi jarimaga tushdi

1 daqiqa o'qish519
“O‘zbek Tayson” YPXdan qochdi: mashinasi jarimaga tushdi
“O‘zbek Tayson” YPXdan qochdi: mashinasi jarimaga tushdi
Foto: Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

9 may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida e’tiborli holat yuz berdi. “O‘zbek Tayson” nomi bilan tanilgan MMA jangchisi Jasurbek Jo‘rayev yo‘l-patrul xizmati xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatlangani sababli muammoga duch keldi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, sportchi boshqaruvida bo‘lgan Kia Sonet qisqa vaqt ichida aniqlanib, tegishli choralar asosida to‘xtatilgan. Shundan so‘ng haydovchidan nega YPX xodimi talabiga amal qilmagani so‘ralgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Jasurbek Jo‘rayev hali haydovchilik guvohnomasiga ega emasligini tan olgan. Shu sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Jangchi ushbu holat yuzasidan o‘z fikrini bildirib, yaqin orada haydovchilik guvohnomasini olishni rejalashtirayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda mashg‘ulotlar va sport faoliyati sabab bu masalaga vaqt ajrata olmagan.

“Yaqinda ‘prava’ olaman. Hozir mashg‘ulotlar bilan bandman, ulgurmayapman. Qonun hamma uchun bir xil. Qilgan ishimdan pushaymonman, buni hech kimga tavsiya qilmayman”, — deya izoh bergan u.

Mazkur holat yana bir bor yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, ayniqsa hujjatlarsiz transport vositasini boshqarmaslik qanchalik muhim ekanini eslatadi. Qonun oldida hamma teng ekani esa bunday vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?